
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi – Sulton Idris Ta’lim Universiteti (UPSI) bilan talabalar almashinuvi dasturini e’lon qiladi!
📅 Muddat: 15-noyabr – 1-dekabr, 2025 (2 hafta)
👥 Ishtirokchilar: TATUdan 12 nafargacha talaba saralab olinadi
📌 Sharoitlar:
🏠 Yotoqxona va aeroport transferi – UPSI tomonidan
🛫 Aviachiptalar – ishtirokchilar tomonidan
🍴 Oziq-ovqat – trening davomida UPSI tomonidan tashkil etiladi.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-oktabr, 2025 gacha
👉 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
🤝 Ushbu dastur O‘zbekiston–Malayziya ta’lim forumi doirasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilmoqda.