
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Malayziyaning INTI Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi.
🇲🇾 Tashrif davomida INTI Xalqaro Universiteti va TATU oʻrtasida imzolangan Yo‘l xaritasida belgilangan maqsadlarga erishish mexanizmlari muhokama etildi. Shuningdek, universitetning tadqiqot salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida laboratoriyalar ham ko‘zdan kechirildi.
➡️ Ta’kidlab o‘tish joizki, birinchi Malayziya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida INTI Xalqaro Universiteti va TATU o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Yo‘l xaritasi imzolangan edi.