TATU va O'zbekistondagi yirik IT kompaniyalardan biri UIC Group kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

  • Asosiy
  • TATU va O'zbekistondagi yirik IT kompaniyalardan biri UIC Group kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekistondagi yirik IT kompaniyalardan biri UIC Group kompaniyasi o‘rtasida universitet talabalarinining kompaniyada amaliyot o‘tash, pullik va bepul stajirovkalarda ishtirok etish hamda keyinchalik korxonada faoliyat yuritishlarini ko‘zda tutadigan hamkorlik memorandumi imzolandi.

❔ Ma’lumot uchun: "United IT Company" korxonasining maqsadi yosh dasturchilarga o‘zlari ustida ishlash va shu bilan birga rasmiy ravishda ishga joylashish imkoniyatini yaratish, kompaniyani IT jahon sahnasida yuksak natijalarga erishishidan iborat bo‘lib, hozirda kompaniya Backend, Frontend, QA, Mobile, Analytics, Marketing team va boshqa sohalarda o‘z jamoalarini rivojlantirib kelmoqda.