TATU “Times Higher Education Impact Rankings 2022” reytingidan ilk bor joy oldi

  • Asosiy
  • TATU “Times Higher Education Impact Rankings 2022” reytingidan ilk bor joy oldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Times Higher Education Impact Rankings 2022” reytingidan ilk bor joy oldi.

TATU dunyoning 1 ming 406 ta universiteti o‘rtasida 1001-o‘rinni egallagan. Mazkur reytingda ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan universitet alohida maqsadlar bo‘yicha nisbatan yuqori natijalar ko‘rsatgan.

“Times Higher Education Impact Rankings 2022” reytingi – bu universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini baholaydigan yagona global samaradorlik reytingi hisoblanadi. Reyting bo‘yicha universitetlar o‘zlarining faoliyatlari davomida mazkur maqsadlarni tadbiq etish va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari baholanadi.

Reytingning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan alohida me’zonlari bo‘yicha quyidagi o‘rinlar belgilangan:

Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish (8) ko‘rsatkichi bo‘yicha TATU 301-400 o‘rinda qayd etilgan. Bu esa so‘ngi yillarda talabalarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasi hisoblanadi. Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma (9), Tengsizlikni kamaytirish (10), Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv (16) mezonlari bo‘yicha 601- o‘rinlarda qayd etilgan.

Bundan tashqari, TATU Gender tengligi (5) va Sifatli ta’lim (4) maqsadlari bo‘yicha 801+ o‘rinlarda qayd etilgan bo‘lsa, Sog‘liq va farovonlik (3) hamda Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik (17) bo‘yicha 1001+ ko‘rsatgichlarni qayd etgani belgilangan.