TATU tarkibida yangilik

  • Asosiy
  • TATU tarkibida yangilik

Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq 2020 yilda TATU va uning xududiy filiallari huzurida quyidagi 3 ta texnikumlar tashkil etilgan edi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 maydagi 288-son qaroriga muvofiq TATU va uning hududiy filiallari tasarrufida Respublikaning 11 ta hududi bo‘yicha Axborot texnologiyalari texnikumlarini tashkil etildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 1-iyuldagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning hududiy filiallari tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan universitet tarkibida "Professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktablar va filiallar bo‘yicha prorektor lavozimi kiritildi.

Joriy yilning 9-iyul kuni universitetda mazkur lavozimga tayinlangan, Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Li Dmitriy Eduardovichni tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

TATU ma’muriyati Li Dmitriy Eduardovichni ushbu lavozim bilan tabriklab, ishlariga omad va zafarlar tilaydi.

TATU matbuot xizmati