
2026-yil 11–23-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro yoshlar festivali (MFM-2026)” da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Miroqilov Davlatbek ishtirok etdi.
Festivalda 191 mamlakatdan jami 10 000 nafar ishtirokchi, jumladan O‘zbekiston Respublikasidan 261 nafar yosh qatnashdi.
Festival turli mamlakatlar yoshlarini birlashtirish, xalqaro hamkorlik va ochiq muloqot uchun maydon yaratish, shuningdek, yosh yetakchilarning tajriba almashishi hamda barqaror kelajak uchun ilg‘or amaliyotlarni muhokama qilishiga imkon yaratdi.
Festival davomida talabamiz dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan tengdoshlari bilan tanishib, tajriba almashdi hamda O‘zbekiston va universitetimiz nomini munosib namoyon etdi.