TATU talabasi xalqaro olimpiada sovrindorlari qatorida!
Joriy yilning, 10-14-oktabr kunlari Rossiya Fedratsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha II Xalqaro olimpiadasida Bosh prokuratura huzuridagi departament boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib qaytdi.
Mazkur olimpiadaning final bosqichida, MDH hamda BRIKS tashkilotlariga a’zo 12 ta davlatning 500 nafar talaba hamda o‘quvchilari ishtirok etib, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinashdi.
Ushbu olimpiadaning final bosqichida O‘zbekiston Respublikasi sharafini TDIU, TDYU, TATU, Toshkent moliya hamda Fiskal institutidan jami 10 nafar talaba himoya qilib qaytdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi talabasi Akramov Shaxzod Shokirjon o‘g‘li olimpiadaning “Matematika, informatika, amaliy matematika, matematika va kompyuter ilmi, fundamental informatika va axborot texnologiyalari, informatika va hisoblash texnikasi, amaliy informatika, axborot xavfsizligi, biznes informatika” yoʻnalishi boʻyicha o‘tkazilgan sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib sovrindorlar qatoridan joy egalladi va II-darajali diplom sohibiga aylandi.