TATU talabasi “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati sovrindori

  • Asosiy
  • TATU talabasi “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati sovrindori

Kuni kecha, 25-iyun kuni Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati final bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, yurtimizning barcha hududlaridan viloyat va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining kibersport jamoalari ishtirok etdi.
Mazkur chempionatning FC 25 yo‘nalishi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Smailov Muzaffar faxrli 2-o‘rinni egallab, medal, sertifikat va pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

🎉 Ma’lumot uchun, ushbu respublika musobaqasida umumiy hisobda 42 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. O‘ta raqobatli kechgan musobaqadagi ulkan natija bilan talabamizni tabriklaymiz. Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lsin!