Universitetning Dasturiy injering faulteti 4-kurs talabasi Hayotjon Sultonov “Doʻppi lang” dasturlash tilini ishlab chiqdi.
“Doʻppi lang” dasturlash tilining asosiy maqsadi dasturlashga endi kirib kelayotgan yoshlar orasida dasturlashni targʻib qilish va ularga tushunarli, qiziqarli hamda oʻzbek tiliga moslashgan dasturlash muhitini taqdim etish hisoblanadi.
Ushbu dasturlash tili orqali yoshlarda dasturlashga boʻlgan qiziqishni oshirish va oʻz ijodiy fikrlarini texnologik ishlanmalar orqali ifodalash imkoniyatini yaratish koʻzda tutilgan.