
21–24-may kunlari Moskva shahrida Positive Hack Days Fest (https://phdays.com/) doirasida o‘tkazilgan "STANDOFF 15" (https://15.standoff365.com/)xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasida turli davlatlardan qatnashgan 30 dan ortiq elita xakerlar jamoalari haqiqiy kiberjanglarda o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kompyuter injinringi fakulteti 3-bosqich talabasi Umurzoqov Quvonchbek ushbu nufuzli musobaqada 🇺🇿 ChiLL Chain (https://t.me/chill_chain) jamoasi tarkibida O‘zbekiston nomidan qatnashdi.
Musobaqa natijalari:
— 61 ta zaiflik aniqlandi
— 14 ta muvaffaqiyatli critical-hujum
— Aviatsiya bo‘yicha — 2-o‘rin
— Bank sektori bo‘yicha — 5-o‘rin
— Umumiy reytingda — 8-o‘rin (30+ jamoa orasida)
Bu yutuq — nafaqat Quvonchbek, balki butun universitetimiz uchun faxrdir!
Talabamiz va uning jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusida ham yurtimizda kiberxavfsizlik yo‘nalishini rivojlantirish yo‘lida ulkan yutuqlar tilaymiz!