Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas’ul xodimlari tomonidan talabalar turar joylarida shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi.
❄️ Ob-havoning keskin sovib ketganligini inobatga olib, universitetning barcha talabalar turar joylarida issiqlik tizimi ishga tushirildi.
🗣 Shuningdek, talabalar turar joyi infratuzilmasining holatini o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda.
❗️ Qolaversa, tashrif davomida xavfsizlikka e’tibor qaratish, is gazi keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish, energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berilmoqda.
✅Mazkur tadbirlar talabalarning sog‘lom, xavfsiz va qulay muhitda istiqomat qilishlari uchun zarur choralar ko‘rilayotganidan dalolat beradi.








