TATU talabalarni yozgi maktab "Summer Camp" dasturida Xitoyning Xi'an Jiaotong Universitetida qatnashishga taklif etadi.

  • Asosiy
  • TATU talabalarni yozgi maktab "Summer Camp" dasturida Xitoyning Xi'an Jiaotong Universitetida qatnashishga taklif etadi.

🇨🇳 Yozgi maktab dasturi Xitoyning Xi'an Jiaotong Universitetida 2024-yil yozida 17-iyuldan 24-iyulgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Ushbu dasturda barcha bosqich bakalavr va magistratura talabalari qatnasha oladi. "Big Data and Scientific Innovation", "Integration of Material and Human Civilization", "Innovation of 3D Printing and Industrial Revolution" va "Economic Wisdom in Life" mavzularida eng ilg'or professorlar ishtirokida ma'ruzalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🗒 Dasturda qatnashish narxi quyidagicha:
3500 RMB = 500 $
To'lov o'z ichiga o'qish, turar joy, akademik ma'ruzalar, xitoy tili kurslari, madaniy tadbirlar, aeroportda kutib olishni oladi.

💬 "Summer Camp" dasturi haqida batafsil ma'lumot uchun TATU Xalqaro hamkorlik bo'limiga murojaat eting: https://sie.xjtu.edu.cn/en/summercamp_en.pdf