TATU talabalarni turar joy bilan qamrab olishga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

  • Asosiy
  • TATU talabalarni turar joy bilan qamrab olishga qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

3-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni universitet turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari borishini ko‘zdan kechirdi.

Mas’ullar axborotiga ko‘ra, universitetda umumiy sig‘imi 2 421 nafar talabaga mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, 352 ta o‘rin qizlar uchun, 1 601 tasi o‘g‘il bolalar uchun hamda 468 ta imtiyozli yoshlar uchun ajratilgan. “Talabaga madad” shiori ostida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan. Ushbu markaz orqali universitet yaqinida joylashgan 1 872 ta ijara uylari haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.

Hozirgacha 2 176 nafar talabaga yotoqxona uchun yo‘llanma shakllantirilgan bo‘lsa, 380 nafar talaba ijara xonadonlariga joylashtirilgan.

Vazir uchrashuv davomida turar joyga ehtiyoji bor har bir talaba e’tiborsiz qolmasligi, ular yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari uchun tayyorgarlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng Q. Sharipov oliygohning qayta ta’mirlanayotgan zamonaviy sport kompleksidagi ish jarayoni bilan tanishdi.