
Joriy yilning 7-aprel kuni soat 10:00da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba va tadqiqotchilarining g‘oyalari, ishlanma va yechimlari asosida “Kelajak texnologiyalari” ilmiy innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi - Made in TUIT bo‘lib o‘tadi.
Unda siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion ishlanma va yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz:
🔝 Eng yaxshi qurilma (apparat) yechimi;
🧑💻 Kompyuter grafikasi yoki kompyuter o‘yinlari;
📱 Sun’iy intellekt texnologiyalari;
💬 Komunikatsiya tizimlariga asoslangan texnologiyalar;
📖 Ta’lim texnologiyalari;
🤖 Robototexnika va mobil ilovalar;
⌨️ Eng yaxshi dasturiy ishlanmalar;
🔐Kiberxavfsizlik texnologiyalari.
🕔Boshlanish vaqti: 7-aprel, soat 10:00
📍Manzil: TATU sport majmuasi
🤙Murojaat uchun telefon
+99899 883 11 56