TATU talabalaridan iborat yana bir jamoa “WorldSkills Competition 2025” da g‘olib chiqdi!

  • Asosiy
  • TATU talabalaridan iborat yana bir jamoa “WorldSkills Competition 2025” da g‘olib chiqdi!

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Falco jamoasi "Butunjahon kasb-hunar kollejlari ko‘nikmalar tanlovi"da faxrli 2-o‘rinni egalladi. Tanlovni Xitoyning Tianjin Maritime College va Toshkent Davlat Transport Universitetlari qo‘shma hamkorlikda tashkil etdilar.

🔺Musobaqa ikki yo‘nalishda o‘tkazildi:

⏺Sun’iy Intellekt
⏺Logistika

🏆Jamoa mas’uliyatli va shiddatli jarayonda o‘z loyihasini to‘liq taqdim etib, kuchli raqiblar orasida, logistika yo‘nalishida kumush medal va rasmiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq TATU talabalarining ishtiyoqli, bilimli va fidoyi ekanini yana bir bor isbotladi.

🥳Falco jamoasi nafaqat universitetimiz sha’nini, balki O‘zbekiston yoshlarining talabchanligi, shijoati va energiyaga to‘la ruhini butun dunyoga, xususan Xitoyliklarga namoyish etdi.