
2025-yil 21-iyul – 3-avgust kunlari Rossiya federatsiyasining Qozon, Krasnoyarsk va Yekaterinburg shaharlarida xalqaro “Yozgi universitet–2025” (Letniy universitet) loyihasi o‘tkazilmoqda.
10 nafar TATU talabasi va 2 nafar hamroh xodim ushbu xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.
Borish-kelish, yashash, ovqatlanish, ekskursiyalar va musobaqalarda qatnashish to‘liq Sibir Federal universiteti tomonidan moliyalashtirilgan.
“Yozgi universitet–2025” loyihasi hozirda Krasnoyarsk shahrida davom etmoqda.
21-iyul kuni TATU talabalari ushbu loyihada qatnashish uchun yo‘lga chiqdi va shu kuni loyihaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Har kuni talabalar uchun madaniy ekskursiyalar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.
23-iyul kuni sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. TATU Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Juramirzayev Islomjon ushbu musobaqada g‘olib bo‘lib, diplom bilan taqdirlandi!