TATU talabalari Yaponiyada xalqaro dasturda ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • TATU talabalari Yaponiyada xalqaro dasturda ishtirok etmoqda

Yaponiyaning Shibaura Texnologiya Institutida xalqaro “Global Project-Based Learning” dasturiga start berildi.

Hamkor universitet bilan tashkil etilgan ushbu dasturda “Data Science” (Ma’lumotlar ilmi) yo‘nalishi bo‘yicha TATU talabalari ham ishtirok etmoqda.

8 ta davlat talabalari yig‘ilgan mazkur xalqaro musobaqada TATU vakillari universitetimiz nomidan faol ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini xalqaro miqyosda sinab ko‘rishmoqda.

❗️Ma’lumot uchun: Shibaura Texnologiya Instituti har yili mazkur dastur doirasida hamkor universitetlar, jumladan, TATU talabalari uchun grant mablag‘larini ajratib kelmoqda.