TATU talabalari xalqaro sahnada yana bir bor dovrug‘ qozondi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari xalqaro sahnada yana bir bor dovrug‘ qozondi!

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o‘tkazilgan “Yozgi universitet–2025” xalqaro loyihalar tanlovida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi!

Iqtidorli talabalarimiz tomonidan taqdim etilgan “TAKT” nomli ijtimoiy loyiha “Ijtimoiy muammolarni hal qilishda texnologik innovatsiyalardan foydalanish” nominatsiyasida eng yaxshi loyiha deb topildi!

Bundan tashqari, 9 nafar talabamiz “Gumanitar loyihalarda raqamli vositalar” dasturi doirasida 76 soatlik treningni muvaffaqiyatli tamomlab, xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar!

Sizlar bilan faxrlanamiz, aziz TATU talabalari! Kelgusi loyihalarda yanada yuksak marralarni zabt etishingizni tilaymiz!