Yaponiyaning Shibaura Texnologiya Institutida bo‘lib o‘tgan “Cross-cultural Engineering Project 2025” xalqaro dasturida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
Mazkur dastur doirasida dunyoning turli davlatlaridan kelgan 100 dan ortiq xalqaro talabalardan iborat 16 ta jamoa zamonaviy, xalqaro va mahalliy kompaniyalar duch kelayotgan dolzarb muammolar bo‘yicha innovatsion yechimlar ishlab chiqdi.
Loyihalar taklif etilgan yechimlarning puxtaligi, innovatsion yondashuv va amaliyotga joriy etish imkoniyatlari asosida baholandi.
Shuningdek, ushbu xalqaro loyiha O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniyatlararo almashinuv, o‘zaro tajriba va bilim almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
TATU talabalari o‘z bilim va salohiyatlari bilan universitetimiz nufuzini xalqaro miqyosda yana bir bor munosib namoyon etdilar.

