TATU talabalari xalqaro akseleratsiya dasturida $30 000 investitsiya taklifini qölga kiritdi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari xalqaro akseleratsiya dasturida $30 000 investitsiya taklifini qölga kiritdi!

TATU talabalari xalqaro akseleratsiya dasturida $30 000 investitsiya taklifini qölga kiritdi!

🚀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti talabalari Kenesbayev Sultanbek va Kenesbayev Rasul özlarining GIFRSAI (gifrs.uz) startap loyihasi bilan Toşkent şahrida ötkazilgan Deal Velocity akseleratsiya dasturida muvaffaqiyatli iştirok etişdi.

📱 GIFRSAI — sunʼiy intellekt (AI) yordamida foydalanuvçilarga qisqa vaqt içida şaxsiy mini-saytlar, interaktiv sovğa sahifalari va kreativ raqamli loyihalar yaratiş imkonini beruvçi innovatsion platforma.

🌐 MOST C-Space Hub tomonidan United Ventures va Startup Booster hamkorligida taşkil etilgan Deal Velocity akseleratsiya dasturining yakuniy Demo Day bosqiçida 13 ta startap öz loyihalarini vençur investorlarga taqdim etdi.

🏆 Yakuniy natijalarga köra, GIFRSAI startapi United Ventures vençur fondidan $30 000 miqdorida dastlabki investitsiya taklifini qölga kiritdi!



🤝 Akseleratsiya davomida talabalar tajribali mentorlar, investorlar va startap ekotizimi vakillari bilan hamkorlik qilib, öz loyihalarini rivojlantiriş, biznes modelini takomillaştiriş hamda xalqaro bozorga çiqiş böyiça qimmatli bilim va tajribaga ega bölişdi.

✨ TATU talabalarining uşbu yutuği yoşlarning sunʼiy intellekt va innovatsion texnologiyalar sohasidagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

🌍 GIFRSAI jamoasi kelgusida platformani yanada rivojlantiriş va global bozorda kengaytirişni maqsad qilgan.