
Joriy yilning 20-avgust kuni, Xitoy Oliy ta’lim vazirligi hamkorligida Toshkent davlat transport universitetida “WorldSkills Central Asia 2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🎓Tanlov logistika, axborot texnologiyalari (IT) va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda yoshlarimizga o‘z salohiyatini namoyish etish uchun keng imkoniyat yaratdi.
🏛Mazkur nufuzli tanlovda Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi talabalari –
⏺O‘ktamov Doston Rustam o‘g‘li;
⏺Samadov Dilmurod Usmon o‘g‘li;
⏺ Anarbayev Sardorbek Odil o‘g‘li.
faol ishtirok etib, bronza medali bilan taqdirlandilar.
🏆Yoshlarimizning ushbu yutug‘i ularning bilim va mahorati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.