TATU talabalari VIT Chennai’dagi Vibrance 25 festivalida ishtirok etmoqda!

  • Asosiy
  • TATU talabalari VIT Chennai’dagi Vibrance 25 festivalida ishtirok etmoqda!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniringi fakultetining ikki nafar talabasi Akhlidinov Jamshidbek hamda Tohirov Quvonchbeklar Hindistonning VIT Chennai universitetida tashkil etilgan Vibrance 25 xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda!

Mazkur musobaqada 50 dan ortiq davlatlarning yetakchi OTMlaridan talabalar Ashyolar interneti (IoT) hamda Sun’iy intellekt bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etishadi. Mazkur dastur universitet talabalar uchun o‘zaro tajriba oshirish, Hindistonning madaniy muhitida ishtirok etish, xalqaro do‘stlar orttirish va o‘z mahoratlarini namoyon qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

🎉 Talabalarimizga omad tilaymiz va ularning yutuqlari bilan faxrlanamiz!

✈️@tuituz_official