TATU talabalari uchun videoroliklar tanlovi eʼlon qilinadi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari uchun videoroliklar tanlovi eʼlon qilinadi!

TATU talabalari o‘rtasida “Men tug‘ilib o‘sgan maskan” va 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz” mavzularida videoroliklar tanlovi eʼlon qilinadi.

🎥“Men tug‘ilib o‘sgan maskan” mavzusidagi videorolikni tayyorlashda o‘zi tug‘ilib o‘sgan maskanning alohida eʼtiborga molik xususiyatlari, oilasi va ajdodlari haqida maʼlumotlar yoritilishi lozim.

🎥“Ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz” mavzusidagi videorolikda esa o‘zi yashab turgan maskandagi ulug‘ vatan urushi qatnashchilari yoki mehnat fronti vakillari hayoti va qahramonliklari yoritilishi lozim.

Tayyorlangan videoroliklar 5 daqiqadan oshmasligi, tarixiy faktlardan (statistika, rasmlar va h.k) foydalangan holda ishlangan bo‘lishi lozim.

Videoroliklarni hamda o‘zi haqidagi maʼlumotlarni (FIO, fakultet, guruh, telefon nomer) joriy yilning 5-may sanasiga qadar @tatumatbuotxizmati telegramm manziliga yuborishingiz mumkin.

Tanlov talablari:

mobil telefon yoki yuqori aniqlikdagi videokamerada suratga olingan;

- tanlov mavzusiga mos bo‘lgan;

- 5 daqiqadan oshmagan

- o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida tayyorlangan;

- video taxrirlovchi dasturiy mahsulotlarining logotiplari tushib qolmagan;

- plagiat bo‘lmagan (yaʼni tayyor video mahsulot ko‘chirib olinmagan);

- boshqa manbalardan qisman ko‘chirilgan, turli video, foto mahsulotlaridan olingan bo‘lsa qayta taxrirlangan;

- g‘oyaning kreativligi, originalligi (eng ko‘p baho qo‘yiladigan mezon);

- fikr tugallanganligi ga eʼtibor qaratiladi.

Tanlov g‘oliblari 9-may arafasida eʼlon qilinadi.

Tanlovlarda g‘olib deb topilgan 1-3-o‘rinni olgan videoroliklar @tuituzoffisial, @tuitonline telegram kanallarida va universitetning www.tuit.uz saytiga joylashtiriladi.

Har ikki tanlovda 1-3-o‘ringa munosib deb topilgan g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

  • 1-o‘rinlar: 1 500 000 so‘m;
  • 2-o‘rinlar: 1 000 000 so‘m;
  • 3-o‘rinlar: 700 000 so‘m.

Tanlovlarda TATU va uning 5 ta hududiy filiallari talabalari ham ishtirok etishlari mumkin.

Marhamat, uydagi vaqtingizdan unumli foydalanib, tanlovda ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni namoyon eting!!!

TATU matbuot xizmati

Konkurs haqida batafsil rasmiy telegram kanalimizda kuzatib borishingiz mumkin.