TATU talabalari uchun Tokio universiteti va JICAdan BEPUL AI kursi — GCI World 2026 September!!!

  • Asosiy
  • TATU talabalari uchun Tokio universiteti va JICAdan BEPUL AI kursi — GCI World 2026 September!!!

TATU talabalari uchun Tokio universiteti va JICAdan BEPUL AI kursi — GCI World 2026 September!!!

Sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlilini 0 dan o'rganmoqchimisiz?



TATU talabalari uchun Tokio universitetining (TOP-26) Matsuo–Iwasawa laboratoriyasi va JICA hamkorligida tashkil etilayotgan GCI World (Global Consumer Intelligence) dasturiga ro'yxatdan o'tish boshlandi!

📚 Dastur haqida: 3 oylik onlayn ma'ruza kurslari, Data Science va AI asoslari hamda ularni marketingda qo'llash o'rgatiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Nimalarga ega bo'lasiz?

✅ Data Science sohasiga kirish uchun poydevor bilim;
✅ Amaliy tajriba — musobaqalar va real biznes loyihasi ustida ishlash;
✅ Darslardan ajralmagan holda Onlayn qatnashish imkoni.

Eng yaxshi natija ko'rsatgan talabalar Yaponiyaga o'quv safariga taklif qilinadi.

🗓 Boshlanish sanasi: 2026-yil 17-sentabr
🎓 Kim qatnasha oladi: TATU talabalari
💰 Narxi: mutlaqo bepul

🌍 Joriy yilgi GCI World 2026 April kursida dunyo bo'ylab 25 000 dan ortiq talaba ro'yxatdan o'tgan, 4 000 dan ortig'i kursni muvaffaqiyatli yakunlashi kutilmoqda.
🔗 Batafsil ma'lumot va ariza:
weblab.t.u-tokyo.ac.jp/en/lecture/gci/