Innovatsion g‘oyangiz bormi? Endi uni haqiqiy startapga aylantirish va rivojlantirish imkoniyati sizni kutmoqda!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarining innovatsion g‘oyalari hamda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida loyihalar qabuli boshlandi.
Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
🔹 Tajribali mentorlar va soha mutaxassislaridan maslahatlar;
🔹 Grant va investitsiya jalb qilish imkoniyati;
🔹 Investorlar hamda hamkorlar bilan uchrashuvlar;
🔹 Loyihani rivojlantirish va tanlovlarga tayyorlash bo‘yicha amaliy ko‘mak.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🔹 TATUning barcha bosqich talabalari;
🔹 Individual yoki jamoa tarkibida;
🔹 G‘oya yoki MVP bosqichidagi startap loyihalari bilan.
Ariza topshirish
Arizalar qabuli: 2026-yil 30-iyulga qadar.
Murojaat uchun: @tatustartup
☑️ Bugungi g‘oyangiz — ertangi muvaffaqiyatli startapingiz bo‘lishi mumkin! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!