TATU TALABALARI UCHUN “ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI!

  • Asosiy
  • TATU TALABALARI UCHUN “ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining universitet bosqichida ishtirok etish uchun innovatsion g‘oyalar qabul qilinmoqda!

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qaroriga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

✍️Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
✍️Moliyaviy texnologiyalar
✍️Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari
✍️Kiberxavfsizlik
✍️Sog‘liqni saqlash
✍️Farmatsevtika
✍️Mudofaa va xavfsizlik
✍️Energiya tejamkorlik
✍️Suv xo‘jaligi texnologiyalari
✍️Ta’lim va ilm-fan

⚡️UNIVERSITET BOSQICHI G‘OLIBLARI UCHUN:
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 20 mln so‘m

🏆Universitet bosqichi g‘oliblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓Hujjatlar qabuli: 10-sentabrdan 10-oktabrgacha.
10-oktabr kuni ham arizalar qabul qilinadi.



⚠️Eslatma: har bir talaba tanlovda faqat bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etishi mumkin.

🔐Ariza topshirish tartibi:
“Ariza hujjatlari”da ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni to‘liq to‘ldirib, hujjatlarni elektron hamda chop etilgan shaklda universitetning mas’ul bo‘limiga topshirish talab etiladi.

📲Tanlov guruhiga a’zo bo‘ling:
t.me/TATU_startup

📌Murojaat uchun:
📩 @Axmedjanova_Gulbaxor
📍C bino, 214/A-xona