2025-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-iyundagi 32-sonli Bayoni topshirig‘i hamda TATU va “Artel Electronics Group” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Radio va mobil aloqa fakultetining 3-bosqich talabalari uchun “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi tomonidan Plata ishlab chiqarish korxonasida dual ta’lim va ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.
📝 Ushbu loyiha talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rish va real ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.
✈️@tuituz_official


