
Prezidentimizning PQ-61-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Kelajakka qadam” dasturidan, TATU talabalarining to‘laqonli foydalanishini ta’minlash maqsadida, “Kelajakka qadam” markazining universitetda tashkil etilgan hududiy bo‘linmasi 2025-yil 17-apreldan doimiy o‘z faoliyatini boshlashini ma’lum qilamiz.
🗣 Unda siz, “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmasiga tashrif buyurib, o‘z biznes g‘oyalaringiz bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
✅ Nimalar haqida ma’lumot olasiz?
➖ "O‘zmilliybank" AJ tomonidan taklif etilayotgan "Kelajakka birinchi qadam", "Yorqin kelajak sari", "Kelajak uchun start" kabi moliyaviy yechimlar.
➖ O‘z biznesingizni boshlash va rivojlantirish uchun amaliy maslahatlar.
✅ Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🎓 Bitiruvchilar,
📝 Biznes g‘oyasi borlar,
🚀 Uni amalga oshirishni istaganlar,
📊 Yangi biznes boshlaganlar,
📈 O‘z loyihasi uchun moliyaviy yoki maslahat yordam kerak bo‘lganlar.
🤗 Bu sizning kelajagingizdagi muvaffaqiyatga birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ladan boy bermang❗️