![]() |
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan xalqaro yozgi lager dasturida faol ishtirok etmoqda.
Dastur davomida talabalar:
🔹 xalqaro ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishmoqda;
🔹 zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy markazlarga tashrif buyurmoqda;
🔹 xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda;
🔹 turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan tajriba almashib, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirmoqda;
🔹 jamoaviy loyihalar, treninglar va innovatsion tadbirlarda o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.
Mazkur xalqaro dastur talabalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda kelgusidagi ilmiy va akademik faoliyati uchun muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
TATU jamoasi barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaydi va ularning xalqaro maydonda universitetimiz nufuzini munosib himoya qilishiga ishonch bildiradi.
Xalqaro hamkorlik — sifatli ta’lim va innovatsion rivojlanish sari muhim qadam!


