TATU talabalari “Robot.uz-2020” respublika tanlovi gʼolibi boʼlishdi

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Robot.uz-2020” respublika tanlovi gʼolibi boʼlishdi

10-12 mart kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “ROBOT.UZ-2020” respublika tanlovi boʼlib oʼtdi.

Bugun, 12-mart kuni tanlovning final musobaqalari oʻtkazilib, gʻoliblar aniqlanadi va taqdirlanadi.

Quvonarlisi, universitetimizning Kompyuter injiniringgi fakulteti Multimedia kafedrasi talabalari: Buzrukov Bahodir Muxiddin o‘g‘li, G‘ayratov Muxriddin Bahodir o‘g‘li, Ergashev Lazizbek Kamol o‘g‘li ushbu tanlovda “Robo Sumo” yoʼnalishidagi musobaqalarda ishtirok etishdi hamda faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.



Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, tanlovda 12 ta viloyatdan jami 420 nafar oʻquvchi-yoshlar, iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda korxonalarning yosh mutaxassislaridan iborat 334 ta jamoa qatnashishdi.

“ROBOT.UZ-2020”da 9-15 yoshdagi ishtirokchilar uchta – Robo Futbol, Robo Sumo va Kegelring nominatsiyalarida, 16-25 yoshdagi ishtirokchilar esa 5 ta – Robo sumo, Robo futbol, Mobil robotlar poygasi, Foydali ish bajaruvchi robot va Intellektual robot nominatsiyalari boʻyicha oʻzlari yasagan robotlar yordamida bellashishdilar.

Ushbu havola orqali talabalarimiz tomonidan yaratilgan robotlar musobaqasini koʼrishingiz mumkin.

TATU matbuot xizmati