Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 martdagi 129-sonli buyrug‘iga asosan, oliy ta’lim muassasalarida fanlardan Talabalar Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichio‘tkazilmoqda. Ushbu bosqich musobaqalarida 15 ta umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridanTATU talabalari ham ishtirok etib, ma’lum yutuqlarga erishmoqdalar.
Jumladan, olimpiadaning 1-bosqichida Fizika fanidan "g‘olib” bo‘lib, 2-bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan Kompyuter injinering fakulteti 215-15 guruhi talabasi Rashidov Ilyos Xamid o‘g‘li (ilmiy rahbari: Fizika kafedrasi assistenti F.Xasanov) 11-12 may kunlari Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 11-12 may kunlari "Kompyuter grafikasi” fanidan o‘tkazilgan olimpiadada "Televizion texnologiyalari”fakulteti 3-kurs talabasiAbdusalimovJavoxir Anvar o‘g‘li (ilmiy rahbari: AVT kafedrasi katta o‘qituvchisiB.To‘raev) ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Biz yuqorida ismi-shariflari keltirilgan talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, qolgan fanlardan ham ishtirok etayotgan talabalarimizdan shu kabi yutuqlarni kutib qolamiz.