TATU talabalari — Prezident Tech Award finalida!

  • Asosiy
  • TATU talabalari — Prezident Tech Award finalida!

2025-yil 5–7-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan President Tech Award xakatonining final bosqichi uchun avval ro‘yxatdan o‘tgan barcha jamoalar ishtirokida musobaqa qayta boshlangan edi.

Ushbu nufuzli tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan “Falco” jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

🔹 Jamoa a’zolari:
🟢Shomuradov Iskandar (AKTSIM)
🟢Ruzmamatov Foziljon (AKTSIM)
🟢Nurmamatov Murodil (AKTSIM)

“Falco” jamoasi innovatsion g‘oyalari, texnologik yechimlari va yuqori salohiyati bilan universitetimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Ular ClinicGo ilovasi bilan bu hakatonda ishtirok etishmoqda.

🎯 Jamoamizga final bosqichida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!