O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan TATU talabalari muvaffaqiyat qozonishdi.

  • Asosiy
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan TATU talabalari muvaffaqiyat qozonishdi.

🎉XUSHXABAR!!!

🎓Turkmaniston ta'lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida, 2023-yilning 23-28-aprel kunlari Ochiq matematika olimpiadasini (OMOUS-2023) tashkil etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada 13 davlatdan talabalar qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan TATU talabalari muvaffaqiyat qozonishdi.

TATU Kiberxavsizlik fakulteti talabalari:
- Asadbek Sindarov 2 o‘rinni,
- Ixtiyor Teshaboyev, Javoxir Isroilov, Muzaffar Saxadinov 3 o‘rinni egalashdi.

🗒Ma'lumot uchun: Ushbu olimpiadada O‘zbekiston Respublikasidan 50 ta oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etish uchun taklif etildi. Jami dunyo bo'ylab 13 ta davlat oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishdi. Intellektual bellashuvlarda Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston va Ozarbayjondan 280 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

🎉Talabalarimizni xalqaro arenadagi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, kelajakda bundanda yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz