
Joriy yilning 29-mayidan 1-iyun kuniga qadar “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida "MSITF-2025" mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu festivalda universitetimiz xodimlari va talabalari bo‘lgan - J.Modullayev, S.Hojiyev, Sh.Begmatov, Z.Qodirov, O.Yusufov, A.Boboqulov, Z.Xamidjonov, O.Murotboyev va A. Nurulloyev va boshqalar Qurolli Kuchlarga zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni o‘z pavilonlarida namoyish etdilar.
Festival doirasida yoshlar o‘rtasida “Kiber sport”, “Xakerlik ustasi”, “Dasturlash”, “3D modellashtirish texnologiyalari”, “Robotlar jangi”, Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish”, “Raketamodel”, “Dron-reysing” va “Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi” yo‘nalishlarida musobaqalar o‘tkazildi va universitetimiz talabalari faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Natijalar bilan tanishing:
Dasturlash yo‘nalishida faxrli 1-o‘rin 134-24 guruh talabasi Rahmatilayev Shohruh, 2-o‘rin esa 130-22 guruh talabasi Miroqilov Davlatbek;
Xakerlik ustasi yo‘nalishida faxrli 1-o‘rin 223-22 guruh talabasi Umurzoqov Quvonchbek.
Dron-reysing yo‘nalishida faxrli 1-o‘rin 062-23 guruh talabasi Irisqulov Mirzabek.
G‘oliblarimizni ushbu ulkan natija bilan chin dildan tabriklaymiz! Ularga kelgusi faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar, ilmiy va amaliy yutuqlar tilaymiz!