TATU talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi!

Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan 100 nafar innovator yoshlar 7 500 000 so‘m miqdorida pul mukofoti, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Eng quvonarlisi, g‘oliblar safida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti talabasi Vahhobov Sardor hamda Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Sultonov Hayotjonlar ham Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lishdi!

Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan yutuqlar tilab qolamiz.