Yaqinda bo‘lib o‘tgan, mukofot jamg‘armasi
50 million so‘mga teng bo‘lgan "K-Lab Idea Hackathon" tanlovida Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti talabalari o‘zlarining innovatsion "Study Track" loyihasi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Hakatonda 90 dan ortiq jamoa va 30 dan ziyod oliy ta’lim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi.
💻 TATU jamoasi, ya’ni Salohiddinov Ramzjan (311-21 guruh talabasi), Qoʻziboyev Jahongir (314-22 guruh talabasi) va Aliqulov Azizjon (712-21 guruh talabasi) lar tomonidan ishlab chiqilgan "Study Track" loyihasi talabalarning ta’lim jarayonini boshqarish, nazorat qilish va o‘zlashtirishni yaxshilashga qaratilgan innovatsion platforma. Bu loyiha o‘zining foydalanuvchilarga qulay interfeysi, samaradorlikni oshirish imkoniyatlari va texnologik yangiliklari bilan ajralib turadi.
🤔 Ishtirokchilarimizning sa’y-harakatlari va ijodkorliklari tufayli, "Study Track" loyihasi hakamlar tomonidan yuqori baholanib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Bu nafaqat jamoa, balki butun universitet uchun katta yutuqdir.
🗒 Ma’lumot uchun:
"K-Lab Idea Hackathon"
innovatsiyalar, texnologik yechimlar va zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan yirik tanlov bo‘lib, ishtirokchilar o‘z g‘oyalari orqali real hayotdagi qiyinchiliklarni yengib, yangi texnologiyalarni joriy qilish va jamiyatga foydali loyihalar yaratishga qaratilgan raqobatdan iborat.