TATU talabalari “Future Tech Winter School – 2025” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • TATU talabalari “Future Tech Winter School – 2025” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Moskva Axborot va Aloqa Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Future Tech Winter School – 2025” xalqaro dasturida ishtirok etmoqdalar.

Dastur doirasida o‘tkazilgan “BPLA poygasi” (dronlar musobaqasi)da TATU jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda talabalar o‘zlarining texnologik va ilmiy-tadqiqot loyihalari ustida faol ish olib bormoqda. Ular orttirilgan tajribani tahlil qilish, texnik yechimlarni takomillashtirish hamda kelajakdagi akseleratsiya dasturlari va ilmiy tanlovlar uchun yangi loyiha g‘oyalarini ishlab chiqmoqdalar.

Shuningdek, talabalar qishki maktab davomida olgan bilimlarini amalda qo‘llagan holda loyihalash, dasturlash va innovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqda.