TATU talabalari dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro festivalda O‘zbekiston nomidan g'olib bo'lishdi!

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • TATU talabalari dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro festivalda O‘zbekiston nomidan g'olib bo'lishdi!

Joriy yilning 1-martdan 25-aprelga qadar dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha “RuCode” xalqaro o‘quv festivali o‘tkazildi. Mazkur festival  an’anaviy ravishda Rossiya va boshqa davlatlardan boshlang‘ich va professional dasturchilarni birlashtirdi.

“RuCode” festivali sun’iy intellekt va algoritmik dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur festivalda "Algoritmik dasturlash" yo‘nalishi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Dasturiy injiniring fakulteti” talabalari  munosib o‘rinlarni egallab, sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Festivalda munosib ishtirok etib, O‘zbekiston nomidan sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan talabalarimiz: 

  • Abdimannopov Ulug‘bek, 320-18 guruh talabasi.

  • G‘aniev Asadullo, 310-19 guruh talabasi

  • O‘rinboev Doniyorbek, 312-19 guruh

Ushbu xalqaro tadbir Rossiyaning 17 nafar yetakchi OTMlari va jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan uchinchi festival hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2 yil davomida tashkil etilayotgan RuCode ta’lim festivali Rossiya va dunyoning boshqa davlatlaridan kelgan minglab ishtirokchilarga sun’iy intellekt va dasturlash bo‘yicha mahoratini oshirishda, shuningdek, IT sohasida o‘z faoliyatini boshlashlariga katta yordam bermoqda.  Festival Vladivostok, Ekaterinburg, Petrozavodsk, Ijevsk, Irkutsk, Innopolis, Kursk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Perm, Saratov, Chita,  Tomsk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod va Toshkentning yetakchi universitetlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Bu yilgi festivalda ishtirok etish uchun O‘zbekistondan jami 212 ta kishi ariza topshirgani aniq bo‘ldi.

Festival ishtirokchilarining umumiy soni 10 mingdan oshgan.

TATU matbuot xizmati