TATU talabalari CTF tanlovining mutlaq g'oliblari bo'lishdi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari CTF tanlovining mutlaq g'oliblari bo'lishdi!

Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” dastur doirasidagi “Cyberkent” xalqaro sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan CTF tanlovining barcha yuqori o‘rinlarini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari qo‘lga kiritishdi, chempionlarimiz bilan tanishing:

1️⃣. Umurzoqov Quvonchbek 🥇
2️⃣. Gilmanov Nurgali 🥈
3️⃣. Ismoilov Iqboljon 🥉

🎁Natijada CTF tanlov go‘liblari uchun ajratilgan quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘lishdi:

1️⃣-o‘rin uchun 6 mln so‘m
2️⃣-o‘rin uchun 4 mln so‘m
3️⃣-o‘rin uchun 2 mln so‘m

Shuningdek mamlakatimiz hududlaridan kelgan 10 ta jamoa orasida ham talabalarimiz jamoalar o‘rtasida eng yuqori o‘rinni egalladi.

🥇 Sobirov Otabek: BALMAT13_SKW4D-1 o‘rin

👏Barcha talabalarimizni g‘alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz.