Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqa — Central Asia Programming Championship 2026 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur chempionat Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonlik 20 yoshdan katta bo‘lgan dasturchilar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda kuchli ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Birinchi bosqich onlayn formatda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, universitetimizning 2 nafar talabasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, final bosqichiga yo‘l oldi:
Miroqilov Davlatbek Sanjarovich — AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi
Ma’rufjonov Azizbek Husan o‘g‘li — Dasturiy injiniring fakulteti talabasi
Ushbu talabalarimiz avval ham nufuzli ICPC olimpiadasida yaxshi natijalarga erishishgan.
Ushbu natija talabalarning algoritmik dasturlash, mantiqiy fikrlash va xalqaro maydonda raqobatlasha olish salohiyati yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Eslatib o‘tamiz, Central Asia Programming Championship 2026 final bosqichi Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida 2026-yil 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Universitet jamoasi nomidan final bosqichiga yo‘l olgan talabalarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga keyingi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!