O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining TATU universitet bosqichi 2026-yil 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
💡Tanlov talaba-qizlarning texnik va raqamli ko‘nikmalarini namoyon etish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan.
📌Tanlovda quyidagi yo‘nalishlardagi loyihalar bilan ishtirok etish mumkin:
🤔 IT
🤔Sun’iy intellekt
🤔Kiberxavfsizlik
🤔Raqamli ta’lim
🤔Mexatronika
🤔Robototexnika
🤔IoT
🎤Universitet bosqichida har bir ishtirokchi o‘z loyihasini 5–7 daqiqa davomida taqdim etadi. Eng yaxshi loyihalar mualliflari tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oladi.
🏆Tanlovning TATU bosqichi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etiladi.
📲Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
@sultanova75 | @ShaazizovaM
🚀O‘z g‘oyangizni imkoniyatga, imkoniyatingizni esa muvaffaqiyatga aylantiring!
“Kecha ilm bilan tarix yaratganlar, bugun texnologiya bilan kelajak yaratamiz!”
G‘oyalar texnologiya orqali haqiqatga aylanadi!