Universitetda joriy yilning 5-fevral kuni Respublikamizning 30 nafar oliy ta’lim muassasalarining ijro intizomi, devonxona va arxiv ishi mutaxassislari uchun “TATU tajribasi” misolida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Universitetda joriy yilning 5-fevral kuni Respublikamizning 30 nafar oliy ta’lim muassasalarining ijro intizomi, devonxona va arxiv ishi mutaxassislari uchun “TATU tajribasi” misolida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

✅Ushbu o‘quv-amaliy seminardan asosiy ko‘zlangan maqsad ishtirokchilarni universitetda ijro intizomi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, ish yuritishdagi zamonaviy yondashuvlar, shuningdek ijro intizomi bo‘yicha tajribalarini boyitish va doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.
O‘quv-amaliy seminarning birinchi kunida ishtirokchilar murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomini ta’minlash, ijro nazorati va monitoringini olib borish, ish yuritish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdilar va tajriba almashdilar, shuningdek universitetda so‘ngi yillarda barcha jabhada amalga oshirilgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.

📝 Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yakuniga ko‘ra Universitetimiz Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan edo.ijro.uz idoralararo ijro intizomi tizimida ish yuritish bo‘yicha ham namunaviy ta’lim muassasasi deb topilib, Vazirlikning yuqorida ko‘rsatilgan buyrug‘iga muvofiq Respublikamizdagi 109 ta oliy ta’lim muassasalarining ijro intizomi, devonxona va arxiv ishi bo‘yicha mutaxassislarining bir oy davomida universitetimizda tajriba almashishini amalga oshirishlari tashkil etilmoqda.