👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi mudiri, prof. Zaynidinov Hakimjon Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida o‘tkazilgan “Ishlab chiqarish, tadqiqotlar, ishlanmalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo anjumani”da ishtirok etib, “Xitoy va O‘zbekistonda oliy ta’limni xalqarolashtirish tendensiyalari, istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, Xitoyning Karamay shahridagi Pekin neft universitetida “Ipak yo‘li 2024” bo‘yicha sanoat, ta’lim, tadqiqot va qo‘llash kooperatsiyasi va integratsiyasi” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida “Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Anjuman doirasida tashkil etilgan ta’lim ko‘rgazmasida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Xitoyning yetakchi OTMning hamda soha korxona vakillari ishtirok etdilar. Mazkur ko‘rgazma doirasida OTM rahbarlari va soha korxona vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, ta’lim, ilmiy-tadqiqot bo‘yicha hamkorlik qilish, qo‘shma markazlar va laboratoriyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.