TATU Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yuqori natijaga erishgan TOP-15 oliygoh qatorida

  • Asosiy
  • TATU Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yuqori natijaga erishgan TOP-15 oliygoh qatorida

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-trxnik axborot markazi tomonidan Springer Nature kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston ilm-fanining global ilmiy makonga integratsiyalashuviga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakat ilmiy tashkilotlarining 2020–2025-yillardagi ilmiy faolligi, nashrlar ko‘rsatkichlari va xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish bo‘yicha statistik tahlillar taqdim etildi. Mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar sifat mezonlari, nufuzli jurnallarga maqola joylashtirish talablari hamda global axborot bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni yoritdilar.

Shuningdek, Springer Nature’ning tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash strategiyalari, ilmiy kitoblar va resurslardan foydalanishning afzalliklari hamda O‘zbekiston tashkilotlarining nashriyot faoliyati haqidagi tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilarga taqdim etildi.

Tadbir davomida tadqiqotchilar faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy ekotizim samaradorligini oshirishga doir ustuvor masalalar muhokama qilindi.

Forum yakunida Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natijaga erishgan TOP-15 tashkilot ichida e’tirof etildi hamda munosib ravishda taqdirlandi.