TATU Samarqand filialiga tashrif

  • Asosiy
  • TATU Samarqand filialiga tashrif
🏛Joriy yil 17-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich universitet protektorlari bilan TATU Samarqand filialiga tashrif buyurdilar.
 
✅Tashrif davomida filial binolari, talabalar turar joyi, texnikum va akademik litseylarning ta’mirlanish holatlari tubdan o‘rganildi. 
Shu bilan birga 2021-2022-o‘quv yilining ikkinchi semestriga tayyorgarlik holati, aprel oyida bo‘lib o‘tadigan attestasiya va akreditasiyaga tayyorgarlik masalalari hamda akademik litsey va texnikumlar bilan o‘zaro aloqaning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganilib, tahlil qilindi. 
 
📌Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori B. Maxkamov filialni yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarni berdilar.