“Ilm, sport va tadbirkorlik — qudrat manbai, yoshlar — yorqin kelajak!” shiori ostida o‘tkazilayotgan TATU – Samarqand baynalmilal forumining ilk kuni mazmunli va unutilmas voqealarga boy tarzda o‘tdi.
🤝 Forum doirasida TATU talabalari va 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan xorijiy talabalar o‘rtasida intellektual bellashuvlar tashkil etilib, bilim va tafakkur maydonida sog‘lom raqobat muhiti yaratildi.
🌍 Millatlararo do‘stlik va madaniyatlar uyg‘unligi forumning asosiy ruhiga aylandi. “Sumalak party”, osh chempionati kabi milliy qadriyatlarimiz aks etgan tadbirlar xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
🎤 Shuningdek, “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida ochiq muloqot tashkil etilib, yoshlarning g‘oyalari, tashabbuslari va takliflari tinglandi.
🎶 Kun davomida musiqiy dasturlar esa forum ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
Mazkur forum yoshlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, madaniyatlar almashinuvi va global fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.