Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filialiga TATU rektori S.Babaxodjayev tashrif buyurdi. Tashrif doirasida S. Babaxodjayev filial jamoasii bilan uchrashdi va fikr almashdi.
Shuningdek, taʼlim sohasidagi bir qator yutuq va kamchiliklarga toʻxtaldi. Universitet va uning filiallarida AKT sohasida bugungi mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar yetishtirib chiqarishda, taʻlim berishning eng soʻnggi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, talabalarga yuqori darajada bilim berish oldimizga qoʻyilgan bosh maqsadlardan biri ekanligi taʻkidlab oʻtildi.
Shu bilan birga, S.Babaxodjayev Xorazm viloyatiga tashrifining asl maqsadi, yaʻni mamlakatimizda yurtboshimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha "Harakatlar strategiyasi" doirasida xalq manfaatlariga qaratilgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targʻibot tadbirlarini “mahallabay” tashkil etish va oʻtkazish, aholi kayfiyatini koʻtarishga qaratilgan chora - tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida mahallalarda “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy targʻibotlarning qay darajada muhimligi haqida soʻz yuritdi.
TATU matbuot xizmati