
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov universitetning C binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida rektor binoda joylashgan bo‘limlar va kafedralar faoliyati, xodimlarning ish sharoitlari, xonalarning ta’mir holati bilan tanishdi. Shuningdek, xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Ayniqsa, Chet tillari kafedrasi faoliyati alohida ko‘rib chiqildi. Kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan ta’limiy va tashkiliy ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Ingliz, fransuz va nemis tillari bo‘yicha tashkil etilgan til kurslari faoliyati bilan tanishilib, ularning mazmuni va tashkil etilish jarayonlari muhokama qilindi.
Tashrif davomida kafedralardagi:
O‘quv rejalar, Fanlar nomenklaturasi va hujjatlari, Metodik ta’minot hamda fanlar bo‘yicha olib borilgan ishlar chuqur tahlil qilindi.
Bu tashrif TATUda ta’lim sifati va ilmiy-uslubiy ishlarni yana-da rivojlantirish, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan izchil harakatlar doirasida bo‘lib o‘tdi.