✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati delegatsiyasi, Belarus Respublikasining Minsk shahrida 13-15 mart kuni o‘tkazilgan ’Raqamli Jamiyatda Muhandislik Ta’limi’ va ’BIG DATA’ Xalqaro Ilmiy-Metodologik Konferensiyada ishtirok etdi.
💬 Mazkur konferensiyada raqamli iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlashning muhim jihatlari muhokama qilindi, uning asosiy muammolarni aniqladi va amaliy yechimlarni taklif qilindi. Muhandislik ta’limining gumanitar jihatlari, jumladan, axloqiy va ijtimoiy jihatlari va ularning muhandislik mutaxassislari kamolotiga ta’siri masalalari ko‘rib chiqildi.
📈 Konferensiya davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi ishlanmalar va tadqiqotlar, jumladan, onlayn platformalar, virtual reallik va adaptiv o‘qitish taqdim etildi.