TATU QS Asia University Rankings 2027 reytingida öz mavqeini yanada mustahkamladi!

  • Asosiy
  • TATU QS Asia University Rankings 2027 reytingida öz mavqeini yanada mustahkamladi!

TATU QS Asia University Rankings 2027 reytingida öz mavqeini yanada mustahkamladi!

🌏 Nufuzli xalqaro QS (Quacquarelli Symonds) taşkiloti tomonidan QS World University Rankings: Asia 2027 — Osiyo universitetlari reytingi natijalari e’lon qilindi.

Quvonarlisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Osiyodagi 1 700 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi orasida 549-örinni egalladi!

📈 Bu ötgan yilgi natijaga nisbatan 8 poğonali ösiş demakdir. Xususan, 2026-yilgi reytingda universitetimiz 557-örinni egallagan edi.

💎 QS Asia reytingi universitetlarning akademik va iş beruvçilar orasidagi nufuzi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-öqituvçilar salohiyati, xalqaro ilmiy hamkorligi hamda talabalar almaşinuvi kabi muhim körsatkiçlar asosida şakllantiriladi.

Erishilgan natija universitetimizda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning samarasidir.


Ushbu yutuq ortida professor-o‘qituvchilarimizning ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilarimizning mehnati, xodimlarimizning fidoyiligi va butun universitet jamoasining sa’y-harakatlari mujassam.

✨ Bugungi natija — kechagi mehnat samarasi, ertangi yutuqlarimiz uchun esa yangi marradir!

TATU jamoasini ushbu natija bilan muborakbod etamiz!

Biz yangi marralar sari intilishda davom etamiz! 🇺🇿